Surxondaryoda qo‘shni ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan maktab direktori ushlandi (video)
3-sahifa
−
21 avgust
53266Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 11-maktab direktori qo‘shni ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati “Minora” mahalladagi 11-maktab direktori T. A. shu mahallada yashovchi, eri Rossiyada ishlab yurgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.
Denov tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabi direktori deb aytilayotgan T.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan, taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilingan.
Ma’lum qilinishicha, video materialda aks etgan holat joriy yilning 17 avgust kuni kuzatilgan.
LiveBarchasi