Surxondaryoda I-XII asrlarga oid yodgorlik bog‘dorchilikka berib yuborildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi I-XII asrlarga oid “Markaztepa” yodgorligi noqonuniy ravishda bog‘dorchilik qilish uchun berib yuborilishi oqibatida 13 milliard so‘mlik zarar ko‘rdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, prokuratura organlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tomonidan “Qoraxon” mahallasida joylashgan “Markaztepa” arxeologiya yodgorligi (0,21 ga) qonunchilik talablariga zid ravishda bog‘dorchilik uchun fuqaro M.A. ga berilgani aniqlangan.

Oqibatda fuqaro M.A. tomonidan ushbu tarixiy yodgorlikning 630 metr kub hajmdagi hududi buzib tashlanib, ob’ektga 13 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan va aybdor shaxslarga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo yodgorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing