Surxondaryoda fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi topildi
Jamiyat
−
25 mart 2020 17491 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning uyidan ikki bosh Buxoro qo‘yi va bo‘ri olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
“Joyilma” mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi uyida Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi saqlanayotganini xabar qilgan.
Bundan tashqari, tumanning “Xushchekka” mahallasida yashovchi fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda fuqarodan olingan.

Ularning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida jonivorlar belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va Jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi.

Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust