Surxondaryoda fuqaro “uchastkovoy”ga bolta bilan hujum qildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida fuqaro Ichki ishlar organi xodimiga bolta bilan hujum qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqaramasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, voqea kecha, 30 may kuni soat 16:00 da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Hamkorlik” mahallasi yuz bergan. Mahalla raisi N.Shoymardonovning uyiga muqaddam sudlangan, giyohvand shaxs sifatida profilaktik nazoratga olingan A.I. mast holda bostirib kirgan. U maishiy muammolarini ro‘kach qilgan holda mahalla raisi va uyda bo‘lgan oila a’zolarining tinchligini buzib, janjal ko‘targan.

Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan mahalla profilaktika inspektori kapitan G‘.B. tartibbuzar fuqaro voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketganiga guvoh bo‘lgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida shu kuni soat taxminan 19:00 larda tartibbuzar A.I. o‘z uyiga qaytib kelgani aniqlangan. U bilan profilaktik suhbat o‘tkazish hamda mahalla raisiga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirish maqsadida tartibbuzarning xonadoniga borgan kapitan G‘.B. xonadon egasining keskin qarshiligiga uchragan.

Xonadon egasi bolta bilan profilaktika inspektoriga hujum qilib, uning chap qo‘l tirsagini yaralaganiga qaramasdan jismoniy kuch ishlatgan.

Shundan so‘ng kapitan G‘.B. voqea joyiga yetib kelgan hamkasblar va xonadon egalari yordamida shifoxonaga yuborilgan. Tibbiy ko‘rik natijasida chap tirsak pastki qismi suyaklarining ochiq singani va qon tomirlarini kesilgani aniqlangan va tegishli muolajalar ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Sariosiyo bolta uchastkovoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing