Surxondaryoda dahshatli YTH: 3 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida  Nexia-3 avtomobili yuqori tezlikda harakatlanib, beton to‘siqqa urilishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabarda aytilishicha, ayanchli YTH kecha, 27 mart kuni soat 15:40 larda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani "Nilu" mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-107 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro (ayol kishi) Nexia-3 da "Sangardak-Denov" yo‘nalishida harakatlanib, tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda transport vositasi beton to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi ortidan avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Mazkur YTH hamda yong‘in oqibatida avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Barcha fuqarolardan haydovchilik guvohnomasiga yoki yetarlicha malakaga ega bo‘lmay turib avtomobil boshqarmaslikni so‘raymiz”, deyiladi axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 mart kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida ham Nexia va Spark to‘qnashib, butunlay yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing