Surxondaryoda chegaradan “gashish” olib o‘tayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
17:00 956 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasida jami 366 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bojxona xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Unda transport vositasining salon qismidan va o‘rindiq ostiga yashirilgan jami 12 dona polietilen o‘ram aniqlanib, ularda o‘ziga xos o‘tkir hidga ega moddalar borligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, mazkur o‘ramlar ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda jami 366 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo daryosining bo‘yidan 4 dona polietilen qopga joylangan narkotik topib olingan edi.
Live
Barchasi