Surxondaryoda ayollar mashina yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 19 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 4R-100b avtomobil yo‘lining o‘ta ta’mirtalab ahvoliga mas’ullarning e’tiborini qaratish maqsadida ayrim ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

Videolardan birida ayollar ta’mirtalab yo‘lni to‘sib qo‘ygani ko‘rinadi. Ikkinchisida esa huquq-tartibot idoralari xodimlari ayollar bilan suhbatlashayotgani aks etgan.

Ushbu xabarlarga Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirib, 4R-100b avtomobil yo‘li 2023 yilning 1 choragida ta’mirlanishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 4R-100b yo‘lning Jarqo‘rg‘on tumani markaziga eltuvchi 0-11 kilometri tasvirga olingan. Avtomobil yo‘lining ta’mirtalab ahvolga kelishiga yuk mashinalarining belgilangan me’yordan og‘ir yuklarni olib, harakatlangani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, hozirda Jarqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4R-100b yo‘lida transport vositalarining harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Aholining noroziligiga sabab bo‘lgan ushbu masala Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing