Surxondaryoda ayol kishi boshqa bir ayolni pichoqladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 aprel kuni Surxondaryo viloyatida janjal tufayli ayol kishi boshqa bir ayolni pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, Sho‘rchi tumani Tamaddun mahallasida yashovchi 24 yoshli N.R. ismli ayol Bobotog‘ mahalla hududida joylashgan dehqon bozori oldida o‘zaro janjal sabab Do‘stlik mahallasida yashovchi 35 yoshli D.M. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada D.M. kasalxonaga yotqizilib, N.R. ushlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing