Surxondaryoda ayol hamkasblarini do‘pposlagan erkak o‘qituvchi qamaldi

3-sahifa

image
Surxondaryoda o‘qituvchilar ayovsiz kaltaklanishiga nima sabab bo‘lgan? Yangi tafsilotlar ochiqlandi north_east

Surxondaryoda o‘qituvchilar ayovsiz kaltaklanishiga nima sabab bo‘lgan? Yangi tafsilotlar ochiqlandi

Joriy yilning 14 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida joylashgan 31-sonli maktabda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilarni kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Erkakka nisbatan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Keltirilishicha bugun, 16 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudida fuqaro G.T. (1988 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan, 31-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingan.

Hukmga ko‘ra, fuqaro G.T. Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, jinoyat oqibatida ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlar qoplangani hamda ularning sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi inobatga olingan holda unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Qayd etilishicha, tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.

“Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'qituvchi kaltaklanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing