Sharmanda: Surxondaryoda erkak o‘qituvchi hamkasabalarini do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
18 aprel 2023 22688 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida o‘qituvchilar ommaviy kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 da Uzun tumanidagi 31-sonli maktabdagi direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel