Surxondaryoda aholiga ko‘mir tarqatish chog‘ida tartibsizlik kelib chiqdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aholiga ko‘mir tarqatish chog‘ida tartibsizlik kelib chiqqani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu vaziyat joriy yilning 8 oktyabr kuni “Boshrabot” mahallasida joylashgan ko‘mir omborida sodir bo‘lgan. Aholiga kuz-qish mavsumi uchun tarqatish maqsadida 278 tonna ko‘mir keltirilgan. Davlat tomonidan arzon narxlarda tarqatilayotgan ko‘mir haqidagi e’lonlar esa tumandagi mahalla Telegram guruhlariga yuborilgan.

Shundan so‘ng, omborga to‘plangan fuqarolardan ayrimlari belgilangan grafikka rioya qilmay ko‘mir olishga uringan va tartibsizlik kelib chiqqan.

Holat Ichki ishlar organlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari yordamida bartaraf etilgani va avvaliga tumanning olis, tog‘li hududlarida yashovchi aholiga ko‘mir tarqatilishiga e’tibor qaratilgani ta’kidlangan.

Bunday holatlarning oldini olish uchun mahsulot fuqarolarga mahallalar kesimida grafikka asosan tartibni saqlagan holda berilishi ko‘zda tutilgan.

“Shu bilan birga, aholini kuz-qish mavsumida zarur yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida 2025–2026 yillarda tumanga jami 3 036 tonna ko‘mir keltirish rejalashtirilgan. Hozirda 1 325 tonna ko‘mir aholiga yetkazib bo‘lingan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahar Oftob ko‘chasida joylashgan “Verona” nomli kompyuter o‘yinlar klubida tanishlari bilan bir guruh bo‘lib, janjal uyushtirgan Otabek Vallomov ismli shaxs  6 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo ko'mir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing