Surxondaryoda 3,8 balli zilzila yuz berdi
Jamiyat
−
24 noyabr 2023 7937 1 daqiqa
Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston hududida kun hisobidan beshinchi zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 24 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:38 da (Grinvich bo‘yicha 11:38 da) Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on 3,8 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,56 gradus shimoliy kenglik; 67,78 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi.
Yer silkinishining chuqurligi 5 km, magnitudasi 3,8 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 428 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Respublika hududia sezilish kuchi:
• Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida 4 marta yer silkinishi kuzatildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida soat 04:28 da 3,2 balli, 14:08 da 3,5 balli, 14:36 da esa 3,9 balli, 16:28 da 3,3 balli zilzila qayd etildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr