Qumqo‘rg‘onda to‘rtinchi bor zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
23 noyabr 2023 10687 1 daqiqa
Bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida to‘rtinchi zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:28 da (Grinvich bo‘yicha 23 noyabr 11:28 da) Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,3 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,46 gradus shimoliy kenglik; 67,71 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi.
Yer silkinishining chuqurligi 10 km, magnitudasi 3,3 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 442 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun 23 noyabr kuni soat 04:28 da ham aynan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 3,2 balli zilzila yuz bergandi. Shuningdek, mazkur hududda soat 14:08 da ham 3,5 balli yer silkinishi qayd etilgan edi. 14:36 da esa 3,9 balli zilzila qayd etildi.
Live
Barchasi