Surxondaryoda 19-20 yoshli narkosavdogarlar qamaldi
3-sahifa
−
08:16 1618 1 daqiqa
Avvalroq, 19 va 20 yoshli narkosavdogarlar 60 kilogrammdan ortiq narkotik bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. Ushbu shaxslarning har biri 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Tojikistondan 20 kilogramm 374 gramm afyun va 41 kilogramm 668 gramm “gashish”ni kontrabanda yo‘li bilan olib kirayotgan 2005 va 2006 yilda tug‘ilgan fuqarolar qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ularning sherigi bo‘lgan, 2004 yilda tug‘ilgan yigit hamda giyohvandlik moddalarining buyurtmachisi, Denov tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs ham ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmiga asosan, qonunbuzarlar tegishliligi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 223- (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 246-(kontrabanda), 273-moddalari (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Qirg‘iziston orqali giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan kurerlar qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi