Surxondaryoda 1 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi
3-sahifa
−
18 aprel 2605 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “D. T. K.” MCHJga qarashli binoning elektr qurilmalarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 32 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan shaxs ushlangandi.
Live
BarchasiChimyonda qor ko‘chkisi kuzatildi
20 aprel