Surxondaryo va Buxoroda 51 ming tup daraxt kesiladimi? Nihoyat Ekopartiyadan “sado chiqdi”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 27 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududida qurilishi rejalashtirilgan xalqaro avtomobil yo‘li loyihasi uchun 70 mingga yaqin daraxt kesilishi tarqalgan edi.

 Jumladan, Surxondaryo viloyati hududida 21,8 ming, Buxoroda esa 28,9 ming daraxtning kesilishi rejalashtirilgani aytilayotgandi.

Jurnalist va blogerlar tomonidan ko‘tarilgan mazkur daraxtkushlik mavzusi ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Nihoyat, jamoatchilik e’tibor qaratgan ushbu masalaga O‘zbekiston Ekologik partiyasi ham o‘z munosabatini bildirdi. 

“O‘zbekiston Ekologik partiyasi mavjud holatni to‘la o‘rganib chiqish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, olim va mutaxassilarni jalb qilgan holda hududga jo‘nab ketishdi.

Biz o‘rganish natijalari bo‘yicha jamoatchiligimizni hamda ekofaollarimizni albatta xabardor qilamiz. Daraxtlarni saqlab qolish, atrof-muhitimizga xavf soladigan barcha holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha davlat organlariga o‘z takliflarimizni beramiz va nazoratimizga olamiz”, deyiladi matbuot xizmati ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangandi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Buxoro daraxt daraxt kesilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing