“Surxon” O‘zPFL ogohlantirishi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Sport

image

Joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) “Surxon” futbol klubi hamda Surxondaryo viloyati hokimligiga mavjud qarzdorlik yuzasidan o‘zining so‘nggi xavotirini bildirdi. Unga ko‘ra, “Surxon” futbol klubiga tegishli qarzdorlik 29 mart sanasiga qadar to‘lab berilmasa, klub joriy mavsum O‘zbekiston chempionatida nechinchi o‘rinni qo‘lga kiritishidan qat’iy nazar kelgusi mavsumni Pro ligada boshlashi ko‘zda tutilgan.

Klub o‘z rasmiy sahifasida O‘zPFLning ogohlantirishiga munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 yanvardagi “PFK Surxon” ma’suliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushi “FC-Surkhan” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga sotish to‘grisida”gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyat hokimligi zimmasiga o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan audit o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgan va “Surxon” FKning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati o‘rganilgan. Joriy yil davomida klub qarzlarining katta qismini yopish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.

“Surxon” Professional futbol klubi o‘z tarixida yangi sahifa ochish va mamlakatning oliy divizionida o‘ynash uchun barcha asoslarga ega. Ayni paytda “Surxon” rahbariyati klubning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, hamda Termizdagi stadionni rekonstruksiya qilishni o‘z zimmalariga oldi. Yangi rahbariyatning maqsadi – Termizdagi stadionni rekonstruksiya qilish, Termiz shahrida futbol akademiyasi, shuningdek, qarorgohni qurish. Surxondaryo viloyatida yoshlar futbolini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda “Surxon” PFK asosiy jamoasiga tarbiyalanuvchilarni faol jalb etish”, deyiladi klub bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Professional futbol ligasi “Surxon” futbol klubi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing