Surxon qo‘riqxonasidagi yong‘in hali ham o‘chirilmadimi? (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatida joylashgan davlat qo‘riqxonasida yong‘in chiqqani va u deyarli 9 soatdan keyin o‘chirilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu qo‘riqxonadagi shox-shabbalar qoldiqlaridan hali tutun chiqishda davom etmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Surxon qo‘riqxonasida yong‘in joriy yilning 23 iyul kuni soat 15:52 da boshlangan va o‘sha paytda viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipaj qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan yong‘in soat 22:25 da qurshab olingan hamda 24 iyulga o‘tar kechasi soat 00:35 da o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda esa yong‘in bartaraf etilgan hududning ayrim joylarida shox-shabbalar qoldiqlaridan tutun chiqishi holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holat yong‘inning qaytadan ro‘y berishiga olib kelmaydi.

“Mazkur holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli tashkilot xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ayni damda yong‘inning qaytadan ro‘y berishini oldini olish maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan tashkilotlar tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham 2 gektar yerdagi quruq o‘t olov ichida qolgani va u yong‘in yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan deyarli 6,5 soatda o‘chirilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bo'stonliq Surxon qo'riqxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing