Suriyadagi isyonchilar Dar’ada hukumat kuchlariga qarshi jangga kirdi

Olam

image

Bugun, 6 dekabr kuni Suriya janubidagi Dar’a viloyatida “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Prezident Bashar Asad rejimi kuchlariga qarshi jangga kirishdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ekstremistik guruh ertalab Dar’a viloyatining markazi Noa yaqinidagi Asad kuchlarining nazorat nuqtalariga hujum qilgan.
Xabar qilinishicha, muxolifat kuchlari Dar’aning g‘arbiy, sharqiy va shimoliy chekkalaridagi Jize, Semlin va Gariya Sharqiya hududlarida Asad rejimi nazorat nuqtalarini nazorat ostiga olgan.

Ma’lumot uchun, Dar’a 2012-2018 yillarda muxolifat nazoratida edi. Asad rejimi 2018 yil iyun oyida Dar’aga quruqlikdan hujum boshladi va iyul oyida viloyatni butunlay nazoratiga oldi.


Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab olgandi.    Bugun, 6 dekabr kuni ertalab Suriyadagi “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Homs shahriga kirib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad Dar'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing