Suriyada yana 5 balldan yuqori zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
17 fevral 2023
7377Kecha, 16 fevral kuni kechqurun Idlib viloyati shimoli-g‘arbida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda “Sana” agentligi seysmologik markazga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 21:47 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 18,8 km chuqurlikda bo‘lib, Idlib shahridan (viloyat ma’muriy markazi) 61 km uzoqlikda joylashgan.
6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari ortidan yuzlab yerosti silkinishlari qo‘shni davlatlarda ham sezilgan, ulardan Suriya eng ko‘p zarar ko‘rgan.
Suriya hukumati nazorati ostidagi hududlarda halok bo‘lganlar soni 3513 kishini tashkil etdi, yana 7396 kishi jarohat oldi.
Suriyaning Damashq nazorati ostida bo‘lmagan hududlarida halok bo‘lganlar, yaralanganlar va vayronagarchiliklar haqida tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q, ammo mamlakat shimoli-g‘arbida faoliyat yuritayotgan noqonuniy guruhlar vakillari arab ommaviy axborot vositalariga bergan izohlarida 2 mingdan ortiq qurbonlar haqida sz ochgan.
Joriy yilning 12 fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Sharqiy O‘rtayer dengizi mintaqasidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Rik Brennan Suriyada jami halok bo‘lganlar soni 8,5 ming kishini tashkil etgani, shundan 4 000 nafari hukumat nazorati ostidagi hududlarda ekanini ma’lum qildi.