Kasallanganlar soni nimaning hisobiga oshmoqda?

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kuni AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Ushbu brifing davomida so‘nggi kunlarda nega O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani haqida ma’lumot berilib o‘tildi.

So‘nggi paytlarda kasallanganlar soni kuniga o‘rtacha 66 taga ko‘payib bormoqda. Kasallanganlar soni nimaning hisobiga oshmoqda?

"Yangi aniqlangan holatlar asosan karantinga olinganlar orasida aniqlangan. Bular:

– charter-reyslar bilan chet ellardan qaytarib olib kelinayotgan hamyurtlarimiz,

– avtomobil yo‘llari orqali chegaradan o‘tib kelayotgan fuqarolarimiz,

– uzoq masofalarga qatnovchi, katta yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilari (dalnoboyiklar) orasidan aniqlanmoqda.

Qolgan, aholi orasida aniqlangan holatlar foizi sezilarli darajada past. Bu karantin tadbirlarini yengillatish bilan bog‘liq emas" deydi Habibulla Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga bog‘liq 2568 holat aniqlangan. Bugungacha bemorlarning 2040 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

787

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing