Suriyada Turkiya harbiy karvonida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
28 may 2020
6049Suriyaning Idlib viloyatidagi M-4 trassasida Turkiya harbiylari karvonida portlash yuz berdi. Portlash harbiylar avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtida sodir bo‘ldi.
Turk OAVning xabar berishicha, qo‘l granata portlagan. Natijada bir necha kishi jarohatlangan. Ularning orasida og‘ir ahvoldagilar ham bor. Karar agentligi xabariga ko‘ra, portlashda bir askar halok bo‘lgan. Uning ota-onasiga bu haqda harbiy boshliqlar va mintaqa gubernatori xabar bergan.
Joriy yilning 12 may kuni ham Idlibda Rossiya—Turkiya qo‘shma patrul karvonida portlash sodir bo‘lgandi. O‘shanda turk harbiylari mahalliy aholini tarqatish maqsadida yorug‘lik va qattiq shovqin soluvchi granatalarni faollashtirgan va buning oqibatida portlash sodir bo‘lgandi. Lekin u voqeada hech kim jarohatlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvidan keyin tomonlar Suriyaning M-4 trassasida 12 kilometrlik xavfsiz koridor hosil qilib, uni birgalikda qo‘riqlashga kelishib olgandi.
LiveBarchasi