Suriyada terakt: armiya avtobusi portlatildi

Olam

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Suriya poytaxti Damashqda terakt sodir etildi, o‘ndan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda SANA xabar berdi.

Tonda terrorchilar mashhur Damarouz mehmonxonasi yaqinidagi Rais ko‘prigi atrofida ikkita portlovchi uskunani ishga tushirgan. Natijada Suriya armiyasining yo‘lda harakatlanayotgan avtobusi portlagan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusdagi 14 nafar harbiy qurbon bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15 oktyabr kuni Afg‘onistonning Qandahor shahrida masjid portlatilgandi. Natijada yuzdan ziyod kishi qurbon bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya terakt

Baholaganlar

190

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing