Suriyada prezidentlikka saylanish uchun necha kishi ariza topshirgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
29 aprel 2021
4166Suriya Xalq Kengashiga prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun 51 ta ariza kelib tushdi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
"Xalq kengashi rahbari nomzod Hasan Rabiya Ruvaylining prezidentlikka nomzod bo‘lish bo‘yicha arizasini Oliy Konstitutsiyaviy suddan o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun topshirilgan 51-ariza", deyilgan nashrda.
Ma’lumot o‘rnida, 2014 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda 24 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ulardan uchta nomzod, shu jumladan amaldagi davlat rahbari Bashar Asad saylovlarda qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi prezidentlik saylovlari 26 may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
LiveBarchasi