Suriyada Makronning tashrifi vaqtida portlash uyushtirganlar ushlandi
Olam
−
11 iyul 2542 2 daqiqa
Suriya xavfsizlik kuchlari Damashqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tashrifi vaqtida sodir bo‘lgan portlashlar va so‘nggi kunlardagi boshqa hujumlarga aloqador gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari Damashq va uning atrofidagi hududlarda maxsus reydlar o‘tkazib, portlashlarni sodir etgan guruh a’zolarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Damashq viloyati qishloq hududlari Ichki xavfsizlik kuchlari qo‘mondoni Ahmad al-Dalatining aytishicha, gumondorlar “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi bilan aloqador bo‘lgan. Unga ko‘ra, tergov davomida kuzatuv kameralaridagi tasvirlar o‘rganilib, avval gumondorlardan biri aniqlangan. So‘ngra uning ortidan kuzatuv olib borilib, guruhning qolgan a’zolari ham fosh etilgan. Rasmiylar portlashlar ortida aynan “Islomiy davlat” guruhi turganini bildirgan bo‘lsa-da, terrorchi guruh hozircha hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Shuningdek, o‘tgan hafta Damashqdagi asosiy sud majmuasi yaqinidagi kafeda sodir bo‘lgan portlashda kamida 10 kishi halok bo‘lib, 20 nafardan ortiq odam yaralangan. Mazkur hodisalar mamlakatda hokimiyat almashganidan keyin xavfsizlikni ta’minlashga urinayotgan prezident Ahmad ash-Shara hukumati oldidagi asosiy sinovlardan biri sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Suriyaga tashrifi vaqtida Damashqda axlat qutisi va avtomobilga joylashtirilgan portlovchi qurilmalar portlagan edi. Hodisa vaqtida Makron prezident saroyida bo‘lgani sabab unga zarar yetmagan va u Ahmad ash-Shara bilan rejalashtirilgan uchrashuvni davom ettirgandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 36 kishi jarohat olgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust