Suriya shimolida qo‘shaloq terakt yuz berdi

Olam

image

Bugun, 31 yanvar kuni Suriya shimolidagi Al-Bob va Aazaz shaharlarida teraktlar yuz berdi. Natijada 10 kishi halok bo‘ldi va 24 nafari jarohatlandi.

Birinchi portlash Suriya muxolifati nazoratidagi Aazaz shahrida sodir bo‘ldi.

Portlovchi moslama Suriya muvaqqat hukumati binosi va madaniyat markazi oldida to‘xtab turgan avtomobilga o‘rnatilgan bo‘lgan. Terakt natijasida to‘rt fuqaro o‘lgan va 20 nafari tan jarohati olgan.

Biroz vaqt o‘tgach, Zerzur tumanida Al-Bob shahridan 5 km sharqdagi nazorat o‘tkazuv punktida portlash yuz berdi.

Portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi shikastlangan. Ammo qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya terakt

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing