Suriya “marvaridi”ni tiklash boshlandi

Olam

image

Suriyaning Halab shahrida jangarilar bilan janglar vaqtida zarar ko‘rgan hududlarni tiklash ishlari boshlandi.

Birinchi kommunal guruh bir paytlar terrorchilar qo‘l ostida bo‘lgan Zahra qishlog‘ining ko‘chalariga chiqdi va sakkiz yil ichida birinchi marta obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi. Jangarilar bu yerdan quvib chiqarilgach, qishloq qo‘zg‘alonchilar qo‘lida qolgan edi. Endi bu yerda osoyishtalik hukm surmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Halab shahar vitse-meri Ahmad Qodir ham shu yerda - u deyarli har kuni ushbu hududga keladi. "Umuman olganda, tiklanish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda va tez orada men sizni kofe ichgani o‘z ofisimga taklif etaman", deya u jurnalistlarga va’da berdi.

Ekskavatorlar shinalar, barrellar va tuproqlardan tashkil topgan barrikadalarni buzishni boshlagan. Buldozerlar esa yo‘llarni tozalamoqda. Endi Halabdan eng chekka hudud Zahra qishlog‘idagi eng xavfli yo‘nalishda erkin harakat qilish mumkin bo‘ladi.

Zahraning bu qismida butun qolgan uylar kam. Bir paytlar elita va qimmat turar-joy binolari o‘t o‘chida qolgan edi.

Mahalliy aholi vakillaridan biri  - advokat Feras Xouiy shunday deydi: "Halab Suriyaning barcha shaharlari orasida gul va bizning tuman bu gulning marvaridi edi! Ular nima qilishganini qarang! Til kalimaga kelmaydi! Ko‘p yillar davomida biz qo‘rquvda yashadik. Armiyaga rahmat. Endi hech bo‘lmaganda bolalarimiz xotirjam yashaydi”.

Bugungi kunda shaharda telefon operatorlari ham ishlamoqda. Ular shikastlangan liniyalarni ta’mirlamoqda.

Ta’kidlanishicha, yaqin orada ushbu hududda uyali aloqa vositalarining minoralari o‘rnatiladi va internet o‘tkaziladi. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, eng uzoq davom etadigan va mashaqqatli bosqich uylarni qayta tiklash bo‘ladi.

"Binolarning yarmidan ko‘pini qayta qurish va shu bilan birga infratuzilmani, ya’ni bolalar bog‘chalarini, maktablarni qayta tiklash kerak", deydi muhandis Jamoluddin Jamix.

Suriya armiyasi terrorchilarni Zahradan 20 kilometr uzoqlikka uloqtirgandan so‘ng, qishloq front chizig‘i vazifasini ortiq bajarmay qo‘ydi. Ko‘chalarda harbiy emas, balki qurilish texnikilari harakatlana boshladi.

Joriy yilning 16 fevral kuni "Idlibdagi tong" operatsiyasining navbatdagi bosqichi doirasida hal qiluvchi jang bo‘lgan, unda hukumat qo‘shini mamlakatning eng yirik shaharlaridan bir bo‘lgan Halab shahrini egallashga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Halab

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing