Suriya armiyasi Palmirani ham tark etdi
Olam
−
07 dekabr
4557Suriya hukumat kuchlari Homs viloyatining markaziy qismida joylashgan Palmira shahridan chekinib, uning hududiga “Ozod Suriya Armiyasi” deb ataluvchi jangari guruhlar kirib keldi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, jangarilar hukumat kuchlari tomonidan ishlatilgan qurol-yarog‘ omborlarini egallashga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ular Homs viloyatining janubida joylashgan strategik ahamiyatga ega Jabal al-G‘urob hududini nazoratga olgan.
Ma’lumot uchun, Palmira qadimiy shahar bo‘lib, uning xarobalari zamonaviy Tadmur shahri yaqinida joylashgan. 2015 yil may oyida Palmirani terrorchi tashkilot – ISHID jangarilari egallagan. Suriya armiyasi 2016 yil mart oyida shaharni ozod qilgan, biroq 2016 yil dekabr oyida ekstremistlar uni qayta nazoratiga olgan. Nihoyat, 2017 yil mart oyida hukumat kuchlari Palmirani qayta egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi Bashar Asad rejimi kuchlari Isroil bilan chegaradosh Al-Qunaytra viloyatidagi postlarini tashlab ketayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi