Suriya hukumatiga qarshi qurolli hujumlarda qatnashayotgan o‘zbekistonlik qidiruvga berildi (video)
3-sahifa
−
04 dekabr
8350Suriyada hukumatga qarshi kechayotgan qurolli harakatlarda ishtirok etayotgan O‘zbekiston fuqarosi Davlat Ibrohim o‘g‘li Tillaberdiyev qidiruvga berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat Tillaberdiyev 1995 yilda Jizzax viloyatining Jizzax shahrida tug‘ilgan. Jizzax shahrining Alisher Navoiy mahallasida doimiy ro‘yxatda turgan. Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida usbu shaxsning Turkiyada xalqaro terrositik va ekstremistik tashkilot ta’siriga tushgani, shuningdek, 2019 yilning sentyabr oyida aylanma yo‘llar orqali Suriyaga chiqib ketgani aniqlangan. O‘sha yili Tillaberdiyev mazkur davlat hududida “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotining Havon harbiy bazasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tib, Suriya hukumatiga qarshi qurolli harakatlarda ishtirok eta boshlagan.
2023 yilning mart oyida mazkur shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552 - moddasi (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) 1-qismi, 2442 - moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi hamda 2441 - moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlariga yoki 102 raqamiga xabar berish so‘ralgan. Xabar bergan fuqarolarning shaxsi sir tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) radikal guruhi jangarilari va ularning ittifoqchilari Suriya armiyasi bilan olib borilgan shiddatli janglarda mamlakat shimoli-g‘arbidagi o‘nlab shahar va qishloqlarni egallab, Halab shahriga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi. Bir necha kun davom etgan janglarda 255 kishi halok bo‘lgan. Shimol va shimoli-g‘arbda Halab va Idlib viloyatlarida 50 dan ortiq qishloq va shaharcha HTSH va ittifoqdosh guruhlar nazorati ostida.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr