Suratlar gapiradi: Idlibda nimalar bo‘lmoqda?

Olam

image

Suriyaning Idlib viloyatida yana bir keskinlashuv yuzaga keldi. Anqara Suriyada yangi harbiy operatsiya o‘tkazishi bilan tahdid qildi. Turkiya qo‘llab-quvvatlagan jangarilar Suriya armiyasining pozitsiyalariga hujum qilishni boshladi.

Turkiya harbiy karvoni Suriyaning shimoli tomon harakat qilmoqda. Guvohlar va jurnalistlarning ma’lum qilishicha, 12 fevraldan beri turk texnologiyalari Damashq tomonidan nazorat qilinmaydigan hududlar sari harakatlanmoqda.

Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanilayotgan “Ozod Suriya armiyasi” bo‘linmalari Idlib viloyatida Suriya hukumat kuchlariga hujum qilishga tayyorlanmoqda.

Rossiya va Suriyaning ta’kidlashicha, AQSH va Turkiya Idlibdagi jangarilarni Bashar Asad kuchlariga qarshi qurol-aslahalar bilan ta’minlamoqda. Idlib - Suriyaning qurolli muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan so‘nggi yirik mintaqasi bo‘lib qolmoqda.

20 fevralda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi jangarilar Turkiya qurolli kuchlari artilleriyasi ko‘magida Suriya armiyasining Kminas va Nayrab aholi punktlaridagi mudofaasini yorib o‘tgan.

Turkiyaning ta’kidlashicha, so‘nggi janglarda u qo‘llab-quvvatlagan kuchlar suriyaliklarning 50 askarini yo‘q qilgan. O‘z navbatida, turk armiyasi ikki askarini yo‘qotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Idlib

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing