Supermodel Naomi xayriya pullarini maishatga sarflashda ayblandi
Madaniyat-san’at
−
03 Oktabr
1306454 yoshli britaniyalik supermodel, aktrisa va qo‘shiqchi Naomi Kempbell o‘ziga tegishli “Fashion for Relief” xayriya tashkilotidan tushgan pullarni o‘z maishati yo‘lida sarflagani aytilmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda Britaniya muzeyida bo‘lib o‘tgan “Fashion for Relief” mashhur moda ko‘rgazmasi va xayriya auksionida Kempbell UNICEF va London merining fondi uchun pul yig‘ishini aytgan. Biroq UNICEF’ning Buyuk Britaniyadagi vakolatxonasi o‘z bayonotida hech qachon “Fashion for Relief” jamg‘armasi bilan rasmiy hamkorlik qilmagani va 2019 yilgi tadbirdan umuman mablag‘ olmaganini ma’lum qilgan.
UNICEF 2022 yilda Angliya va Uelsdagi xayriya komissiyasiga Kempbellning xayriya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etgan. Unda xayriya tashkilotining roziligisiz va potensial donorlarni chalg‘itadigan tarzda UNICEF brendidan foydalanilgani qayd etilgan.
“Biz mablag‘ yig‘ish qoidalariga jiddiy yondashamiz”, deyiladi BMT Bolalar jamg‘armasi bayonotida.
Xayriya komissiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, UNICEF'ning hisoboti qonuniy tekshiruvlar doirasida kengroq dalillar va ma’lumotlar bilan ko‘rib chiqilgan va o‘tgan hafta o‘z natijalarini e’lon qilgan.
Surishtiruv hisoboti shuni ko‘rsatdiki, jamg‘arma 2016 yildan boshlab besh yil davomida bir qator moda namoyishlaridan taxminan 4,8 million funt sterling (6,4 million dollar) olgan. Ulardan atigi 389 ming funt sterling (520 ming dollar) xayriyaga yo‘naltirilgan. Pullarning asosiy qismi esa Kempbell uchun mehmonxonalar, xavfsizlik, sigaretalar va boshqa shu kabi shaxsiy ehtiyojlarga sarflangan.
Shu sababdan “Fashion for Relief” xayriya tashkilotlari ro‘yxatidan o‘chirildi va Kempbell besh yil davomida xayriya bilan shug‘ullanishdan mahrum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha, 2 oktyabr kuni Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Jahon konferensiyasi doirasida britaniyalik supermodel Naomi Kempbell bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi