Paynet foydalanuvchilari 409 mln so‘mdan ortiq xayriya qildi
Biznes
−
10 aprel 1247 1 daqiqa
409 million so‘mdan ortiq – muqaddas Ramazon oyi davomida Paynet foydalanuvchilari tomonidan aynan shuncha miqdordagi xayriya mablag‘lari yig‘ildi.
Bu raqam ortida yordam berishga qaratilgan yuzlab va minglab oddiy, ammo muhim qarorlar yotibdi. Fevral oyida 114 350 532 so‘m yig‘ilgan bo‘lsa, mart oyida bu summa 295 049 625 so‘mga yetdi – bu odamlar birlashganda ezgulik qanchalik yuksalishi mumkinligining yorqin ko‘rsatkichidir. O‘rtacha o‘tkazma miqdori 32 000 so‘mni tashkil etdi.
Eng yirik bir martalik xayriya ehsoni – 10 000 000 so‘m.
“Ixlos nuri” fondini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shilgan hissa alohida qayd etilgan: faqatgina 19 fevraldan 20 martgacha bo‘lgan davrda Paynet orqali qariyb 66,5 million so‘m yo‘naltirildi.
Bu kimningdir hayotini yaxshilashga qaratilgan real harakatlar va samimiy xohish-istakdir.
Paynet bilan birgalikda ezgu ishlar qilishni tanlaganingiz uchun raxmat.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi