Paynet Xolis QR: tadbirkorlar uchun 0%, xaridorlardan komissiya olinmaydi
Biznes
−
18:02 477 2 daqiqa
Xolis yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilishni yanada qulay qilish maqsadida infratuzilmani rivojlantirishni davom etmoqda. Xolis QR’ni ulash va undan foydalanish biznes uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi – Xolis tomonidan xizmat ko‘rsatish va to‘lovlarni qabul qilish uchun komissiya 0% ni tashkil etadi.
Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Xolis QR orqali to‘lovlarni amalga oshirishda xaridorlardan komissiya undirilishi mumkinligi haqida ko‘plab savol va xabarlar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli kompaniya Xolis xizmatidan foydalanish shartlariga aniqlik kiritishni muhim deb hisoblaydi.
Xolis QR orqali to‘lovlarni qabul qilganlik uchun tadbirkorlardan komissiya olinmaydi. Paynet mobil ilovasi orqali to‘lov amalga oshirilganda xaridordan ham komissiya undirilmaydi
Bundan tashqari, Xolis QR orqali har bir to‘lov qabul qilinganda aylanmadan olinadigan 1% soliq tadbirkordan avtomatik ravishda ushlab qolinadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasiga yuboriladi, bu esa soliq to‘lashni soddalashtiradi.
Xolis QR’ning iste’molchilar uchun afzalliklaridan biri – mahsulot va xizmatlar uchun istalgan qulay mobil to‘lov ilovasi orqali to‘lov qilish imkoniyati mavjud. Bunda to‘lov shartlari tegishli to‘lov xizmatining tariflari asosida belgilanadi. Agar muayyan ilovada komissiya nazarda tutilgan bo‘lsa, uni bevosita ushbu to‘lov xizmati belgilaydi va u Xolis komissiyasi hisoblanmaydi.
Quyida Xolis QR orqali to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari va ulardagi amaldagi shartlar keltirilgan:
-
To’lov xizmati — Komissiya
-
Xazna — 0%
-
TEZ — 0%
-
TBC — 0%
-
NBU — 0%
-
Ipak Yuli Mobile — 0%
-
OFB Mobile — 0%
-
Tenge bank — 0%
-
Kapital bank — 0%
-
SQB — 0%
-
Hamkor bank — 0%
-
OTP — 0%
-
Zoomrad — 0%
-
Asaka bank — 0%
-
Mavrid(MKBank) — 0%
-
Turon bank — 0%
-
Davr bank — 0%
-
Uzum bank — 0%
-
Alif — 0%
-
Beepul — 0%
-
Click — 1%
-
Payme — 1%
Shunday qilib, Xolis QR tadbirkorlarga Xolis tomonidan komissiyasiz to‘lovlarni qabul qilish va aylanmadan olinadigan 1% soliqni avtomatik hisobga olish, xaridorlarga esa tovar va xizmatlar uchun o‘zlariga qulay to‘lov ilovasi orqali to‘lash imkonini beradi.
Telegram: t.me/paynet_xolis_info
Live
Barchasi