Supermarketlarda virus yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

Salomatlik

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash doirasida fuqarolar infeksiya yuqtirib olmasliklari uchun qator tartib-qoidalar ishlab chiqildi. Ko‘plab muassasalar karantin sabab yopilgan bo‘lsa-da, ammo oziq-ovqat bozorlari va supermarketlar xalq ehtiyojlari sabab ishlab turibdi. Karantin vaqtida mana shu joylarga borganda qaysi qoidalarga jiddiy e’tibor qaratish lozim?

Savdo qilishdan avval tibbiy niqoblarni va qo‘lqoplarni taqib olish judayam muhim.

Bozor va supermarketlarda xarid qilinmaydigan buyum va mahsulotlarni ushlash, shuningdek, bolalarni ularga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 

Savdo rastalari va kassalarda navbatga turganda o‘zaro hushmuomilada bo‘lish va, albatta, har qanday muloqatda 2 metrdan kam bo‘lmagan masofani saqlash zarur.
 
Bozor va supermarketlarga o‘ta zarur hollarda, faqatgina niqob taqqan tarzda chiqish va odamlar bilan muloqot qilish tavsiya etiladi.

Bunday joylarda yosh bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarni qarovsiz qoldirmaslik talab etiladi.

Uyga qaytgach, albatta, dizenfeksiya ishlarini amalga oshirish kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugunga qadar kasalikka chalinganlar soni 187 nafarga yetdi. Bemorlarning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing