Superkompyuter APL klublarining chempionlik imkoniyatini e’lon qildi
Sport
−
11 mart
251828-tur natijalariga ko‘ra “Liverpul” klubining Angliya Premer-ligasi 2024/2025 yilgi mavsumda chempion bo‘lish imkoniyati salkam 100 foizni tashkil etadi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Nashr superkompyuterga ko‘ra, oltin medallarga asosiy da’vogar “Liverpul”. “Qizillar”ning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati 99,5 foizga baholanmoqda. Ikkinchi da’vogar Londonning “Arsenal” jamoasi hisoblanadi. “Manchester Siti” kuchli uchlikka yakun yasadi va portal ma’lumotlariga ko‘ra, ularning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘q.
APL klublarining g‘oliblik imkoniyati:
“Liverpul” – 99,5%;
“Arsenal” – 0,5%.
Hozirda “Liverpul” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 70 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” 55 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan. 51 ochko bilan “Nottingem Forest” 3-pog‘onada bormoqda. 47 ochko bilan “Manchester Siti” 5-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 48 ochko bilan “Chelsi” 4-o‘ringa joylashgan. Chempionat yakunlanishiga 8 ta tur qoldi.
LiveBarchasi