Super o‘rta vaznda mutlaq chempionlik jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum

Sport

image

Supeo‘rta vazn toifasida WVC, WVA va WBO yo‘nalishlari chempioni Saul Alvares (56-1-2) va IBF oltin kamari sohibi Kaleb Plant (21-0-0) o‘rtasidagi mutlaq jahon chempionligi uchun o‘tkaziladigan jang rasman tasdiqlandi. Bu haqda Alvares Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Bellashuv joriy yilning 6 noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jangdagi g‘oliblik evaziga “Kanelo” Alvares supero‘rta vazn toifasida eng qisqa vaqt davomida mutlaq Jahon chempioni bo‘lgan birinchi bokschiga aylanishi mumkin.

Professinal boks tarixidagi eng tezkor mutlaq jahon chempioni bo‘lgan jangchi amerikalik Mayk Tayson hisoblanadi. U 1986 yil noyabrdan 1987 yilning avgustigacha WVC, WVA va IBF kamarlarini qo‘lga kiritib, ushbu natijaga erishgan. 

Avvalroq, Alvaresning promouteri Eddi Xirn “Kanelo” va Plant o‘rtasidagi jang uchun muzokaralar boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kanelo so‘nggi bor joriy yilning 8 may kuni britaniyalik Billi Jo Sondersni nokautga uchratib, WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Kaleb Plant joriy yil 31 yanvar kuni 3-marta o‘zining IBF kamarini himoya qilgan va amerikalik Kaleb Trueksni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC IBF WBO Eddi Xirn Kaleb Plant Supeo'rta vazn Prof Boks Saul' Al'vares

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing