Super-kontraktdan DTMga ulush berish bekor qilinadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 20 fevraldagi 130-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, hujjat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 20 fevraldagi 130-son qarorining 5-bandidan “oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda),” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

5-bandning amaldagi tahririga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari, byudjetdan tashqari mablag‘lar, oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda), abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan yig‘im va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Davlat test markazi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Davlat test markazi kontrakt

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing