Super-kontrakt uchun shartnoma berish boshlandi
Jamiyat
−
02 Sentabr
6994O‘zbekistondagi davlat OTMlarida super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
-
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
-
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
-
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
-
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.
Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
-
oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanadi;
-
moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa 2024/2025 o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024 yil 15 oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizlik chegirma beriladi. Barcha yo‘nalishlar uchun belgilangan super-kontrakt miqdori bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining 2024-2025 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangandi
LiveBarchasi