So‘nggi sutkada 10 ta hududda 200 yaqin odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 26 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 186 nafarga oshib, 82146 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 1 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 17 nafari Toshkent viloyatida,
  • 143 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Shuningdek,  1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 625 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Toshkent viloyatida 18 nafar,
  • Toshkent shahrida 94 nafar bemor sog‘aydi. 

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 80360 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1161 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing