So‘nggi soatlarda yana 39 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 1 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 nafarga ko‘payib, 3662 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Namangan viloyatida karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 2 nafari esa Rossiyadan Toshkent viloyatiga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2837 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan (77 foiz) fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 810 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

326

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing