So‘nggi soatlarda Toshkent va Xorazmda aholi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
07 iyun 2020 15797 1 daqiqa
Bugun, 7 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 nafarga oshib, 4331 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahri hamda 8 nafari Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yana 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina havdovchilarida aniqlandi.
Ayni paytda mamlakatda 3354 (+86) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 960 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28