So‘nggi soatlarda koronavirus aniqlanganlar soni oshdi
Jamiyat
−
10 may 2020
33244O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
2020 yil 10 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2387 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 1846 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi