“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni necha o‘quvchi “prava”siz mashina haydagani aytildi
3-sahifa
−
24 may 17017 1 daqiqa
Bugun, 24 may kuni “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari doirasida 384 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari tomonidan bitiruv marosimiga transport vositasini boshqarib kelish holatlari aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” marosimlari davomida respublikaning barcha hududlaridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan zarur nazorat tadbirlari o‘tkazilib, voyaga yetmaganlar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilgan.
“Bunday vaziyat yo‘l harakati qoidalarining buzilishi va yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi, xususan bolalar jarohatlanishi xavfini oshiradi”, deyiladi xabarda.
Natijada respublika bo‘yicha bugun 24 may kuni 384 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari tomonidan bitiruv marosimiga transport vositasini boshqarib kelish holatlari aniqlanib, bu borada tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan voyaga yetmaganlar tomonidan avtomobil boshqarilishini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida Bolalar ombudsmani tomonidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga so‘rov kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024/2025 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr