So‘nggi 6 soatda aholi orasida 17 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 nafarga oshib, 4520 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashinalar haydovchilari va 17 nafari esa aholi  orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 3459 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1043 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

333

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing