So‘nggi 24 soat – O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning holati ma’lum qilindi
Jamiyat
−
05 aprel 2020
34733Toshkentning Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ayni vaqtda 85 bemor davolanmoqda. Ularning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa nisbatan og‘ir. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qilmoqda.
“Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida ham jami 35 bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, yana 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir”, deb qo‘shimcha qildi Nurmat Otabekov.
Ta’kidlanishicha, ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir, deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o‘tkazilgan.
Ayni paytda statsionar va uy sharoitida 100 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni paytda bemorlar soni 298 nafarga yetdi.
Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi