So‘nggi 10 yilda Ukraina aholisi 2,5 barobarga kamaygan

Olam

image

Ukraina aholisi 2014 yilga nisbatan 2,5 barobarga kamaydi. Bu haqda Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov ma’lum qildi.

"Ukraina aholisi 2014 yilga nisbatan 2,5 barobarga kamaydi.  Qisqa vaqt ichida bu darajada pasayish hech qachon kuzatilmagan. Ukraina rasmiylari kun tartibiga qo‘ygan "ocharchilik"ning hech birini 2014 yil bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ular bu yillar davomida ukrainaliklarni, oddiy xalqni shu qadar masxara qilishdiki, mening tepa sochim tikka bo‘ldi”, deb yozadi Azarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Azarovning fikricha, boshqa har qanday xalq allaqachon Vladimir Zelenskiyni ag‘darib tashlagan bo‘lardi. Ammo ukrainaliklar mamlakatni tark etishni afzal ko‘rishmoqda.

2023 yilning noyabr oyida sobiq bosh vazir so‘nggi ikki oyda Ukraina aholisi 4 million nafarga kamayib, 19 millionga yetganini aytgandi.

2022 yil dekabr oyida M.V. Ptuxa nomidagi Ukraina demografik va ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori Ella Libanova 2023 yil tug‘ilishning halokatli pasayishi yili bo‘ladi, deya bashorat qilgandi. Keyinroq mamlakatdagi rasmiy ma’lumotlarni birlashtirgan “Opendatabot” tahliliy resursi Ukrainada tug‘ilish ko‘rsatkichi mustaqillikdan keyingi eng past darajaga yetganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi bugunga kelib ykrainalik qochqinlar soni 10 millionga yetganini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi Ukraina Nikolay Azarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing