Sunakdan saxiylik: Britaniya Ukrainaga 70 dan ortiq jangovar mashinalar beradi

Olam

image

Buyuk Britaniya yangi harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga yangi jangovar mashinalar va Challenger 2 tanklari uchun minglab snaryadlar yetkazib beradi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Rishi Sunakning idorasi tarqatgan bayonotda aytiladi.

“Uzoq muddatli ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasi ustida ishlashdan tashqari, Buyuk Britaniya Ukrainaga 70 dan ortiq jangovar va qo‘llab-quvvatlovchi mashinalarni, jumladan, jangovar kuzatuvli razvedka mashinalarini yetkazib beradi. Britaniya armiyasining mashinalari oldingi chiziqdagi qo‘shinlar o‘q-dorilar va jihozlarni olib kirish, yaralangan askarlarni evakuatsiya qilish va shikastlangan mulklarni tiklash uchun vositalarga ega bo‘lishini ta’minlash uchun Ukrainaga o‘tkaziladi. Bu Ukrainaning qarshi hujumi uchun juda muhim”, deyiladi bayonotda.

Matnda ta’kidlanishicha, qo‘shimcha minglab Challenger 2 snaryadlari ushbu yordam paketining bir qismi sifatida darhol Ukrainaga yetkaziladi.

Bundan tashqari, London avvalroq Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilgan harbiy texnikani ta’mirlash uchun 50 million funt sterling ajratadi.

Sunak idorasi NATO shafeligida Buyuk Britaniyada Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini reabilitatsiya qilish uchun tibbiy markaz tashkil etilishini ma’lum qilgan. Ushbu yangi tibbiyot muassasasi Britaniya markazidagi Nottingemshir grafligida joylashgan mamlakatdagi yetakchi markaz Stanford Hall'ning hamkoriga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya joriy yilning avgust oyidan boshlab ukrainalik harbiy uchuvchilarni G‘arb texnikalarini boshqarishga o‘rgatishi haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, Germaniya ham Ukrainaga 700 million yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini berishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Fransiya birinchi uzoq masofali Scalp raketalarini Ukrainaga bergandi. Raketalar allaqachon mamlakatga yetib borgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina Challenger 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing