Sun’iy idrok miya signallari orqali tasvir yaratishni o‘rgandi
Texnologiya
−
16 dekabr 2023
4616Dunyoda birinchi marta yapon mutaxassislari inson miyasi signallarini qayta ishlash orqali tasvirlar yarata oladigan texnologiyani ishlab chiqdi. Bu haqda "Kyodo" agentligi xabar berdi.
Tajriba Kvant fanlari va texnologiyalari milliy instituti tadqiqot guruhi tomonidan o‘tkazilgan. Unda olimlar odam ob’ektlar va landshaftlarning tasvirini ko‘rganda tarqatadigan miya signallarini qayd etdi. Tajriba davomida ishtirokchilarga 1 ming 200 ga yaqin turli suratlar ko‘rsatilgan.
Jarayonda ularning miya faoliyati funksional magnit-rezonans tomografiya (MRT) yordamida tahlil qilingan.
Avvallari faqat cheklangan diapazondagi tasvirlarni shu tarzda qayta tiklash mumkin edi. Endilikda yapon olimlari miya signallarini raqamli signallarga aylantiruvchi dasturni ishlab chiqdi. Bu jarayonda esa sun’iy intellekt yordamida tasvirlarni asl holiga keltirish mumkin.
Olimlarning fikricha, ushbu texnologiyadan inson gallyutsinatsiyalari va orzularining mexanizmlarini tushunish uchun foydalanish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Huggingface” platformasi rasm yuklaganda 30 soniyada suratga asoslanib, hikoya yozib beruvchi neyron tarmog‘ini taqdim etgandi.
LiveBarchasi