Sulsher terma jamoa taklifini rad etdi
Sport
−
11 Oktabr
2548Norvegiyalik mutaxassis Ule Gunnar Sulsher Daniya terma jamoasi murabbiyi bo‘lishni istamadi. Bu haqda “Tipsbladet” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Daniya futbol federatsiyasi Sulsherga taklif bilan chiqqan, biroq rad javobini olgan. Norvegiyalik mutaxassis hozircha oshkor etilmagan top-klubda ishlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, murabbiy 2021 yilning noyabr oyidan beri ishsiz. 51 yoshli mutaxassisning so‘nggi klubi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bo‘lgan. Norvegiyalik mutaxassis “mankunianliklar” safini 2018 yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgandi. Hozirga qadar Ule Gunnar Sulsher “Molde” va “Kardiff” klublari taklifini rad etgan.