Sulsher: “Pogba MYUdan ketmaydi”

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga fikr bildirdi.   

“Pol “Manchester Yunayted”da baxtli va yaxshi o‘ynayapti. Terma jamoalar tanaffusi paytida “Real” haqidagi mish-mishlarni eshitdim. Futbolchilar OAV uchun ochiqligi - muammo. Pogbaga savol berishdi va u hamma “Real”da o‘ynashni xohlashini aytib, umumiy qilib javob berdi. Ammo o‘zi haqida gapirgani yo‘q, chunki u MYUda o‘zini yaxshi his qilmoqda”, deydi Sulsher.

Oldinroq, “Real” 26 yoshli xavbek uchun 145 mln. yevro to‘lashi mumkinligi e’lon qilingan edi. Joriy mavsum Pogba APLning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Pol' Pogba

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing